EkoJamiyatEkoJamiyat
Biz haqimizda

EkoJamiyat nima?

Tabiatni asraş faqat davlatlar yoki yirik taşkilotlarning işi emas, deb işonamiz. Har birimizning vaqtimiz, mehnatimiz va e'tiborimiz — kiçik bölsa-da — real özgarişning bir qismiga aylanişi mumkin. EkoJamiyat aynan şu ğoya atrofida tuğilgan: odamlarni ekologiya, hayvonlarga ğamxörlik va insonparvarlik yönalişidagi aniq, ölçanadigan işlar atrofida birlaştiruvçi jamoat taşabbusi.

Biz qanday boşlandik

EkoJamiyat ğoyasi 2025-yilda tuğildi. Uni birinçi bölib ilgari surgan — EkoJamiyat asosçisi Orzumurod Esonqulov edi. 2026-yil davomida bu ğoya asta-sekin aniq şaklga keldi, va yil oxiriga kelib EkoJamiyat allaqaçon real harakatga aylandi: öz veb-platformasi, volontyorlik tizimi va birinçi flagman loyihasi — "1 000 daraxt challenge" — bilan.

2025
Ğoya tuğildi
2026
Konsepsiya şakllandi
2026-yil oxiri
EkoJamiyat platformasi işga tuşdi
2027
1 000 daraxt challenge

Huquqiy maqom haqida

EkoJamiyat hozirça rasmiy röyxatdan ötgan taşkilot yoki yuridik şaxs emas. Biz mustaqil, notijorat jamoatçilik taşabbusi sifatida volontyorlar bilan faoliyat yuritmoqdamiz.

Missiyamiz

Bizningça, tabiatga ğamxörlik va insonlarga ğamxörlik — bir xil qadriyatning ikki tomoni. EkoJamiyat kiçik hovli tozalaş aksiyasidan yirik daraxt ekiş dasturigaça — har bir ğoyani rejadan real natijaga yetkaziş uçun kerakli odamlar, resurslar va bilimlarni bir joyga töplaydi.

Uçta yönalişimiz

Ekologiya

Daraxt ekiş, çiqindilarni kamaytiriş va saralaş, suv resurslarini asraş va ekologik ongni oşiriş böyiça işlar.

Hayvonlarga ğamxörlik

Boşpanasiz hayvonlarga yordam, ularga xavfsiz muhit yaratiş va mas'uliyatli, insonparvar munosabatni tarğib qiliş.

Insonparvarlik

Mahalliy jamoalarga yordam, ijtimoiy zaif guruhlarni qöllab-quvvatlaş va köngillilik madaniyatini rivojlantiriş.

Qanday işlaymiz

01

Muammoni aniqlaymiz

Har bir loyihaning maqsadi, hududi va kerakli resurslari oçiq belgilanadi.

02

Jamoani birlaştiramiz

Volontyorlar, mahalliy hamkorlar va homiylar tegişli loyihaga qöşiladi.

03

Amalga oşiramiz

Rejalaştirilgan işlar — ekiş, yiğiş, yordam körsatiş — real vaqtda bajariladi.

04

Natijani körsatamiz

Loyiha yakunidagi natija — raqamlar va dalillar bilan — oçiq e'lon qilinadi.

Har bir natija ortida dalil bölişi kerak

Har bir loyiha böyiça qança resurs işlatilgani, qança volontyor iştirok etgani va qanday natijaga erişilgani haqidagi ma'lumotni imkon qadar oçiq va hujjatlaştirilgan tarzda taqdim etişga intilamiz.

Bizning eng katta kuçimiz — odamlar

EkoJamiyat uçun muhimi — köp sonli emas, real yordam berişga tayyor odamlar. Har bir nomzod ariza topşiradi, saralaşdan ötadi va zarurat bölsa qisqa suhbat yoki sinov bosqiçidan söng jamoaga qöşiladi.

Volontyor böliş

Nimaga işonamiz

  • 🌱 Ğamxörlik — tabiat, hayvonlar va insonlar manfaatini bir-biridan ajratmaymiz
  • 🤝 Hamkorlik — katta özgariş odamlarning birgalikdagi harakatidan boşlanadi
  • 🔍 Şaffoflik — natijalar va jarayonlar imkon qadar oçiq bölişi kerak
  • 📊 Mas'uliyat — har bir va'da ortida bajarilişi mumkin bölgan real iş turadi
  • ❤️ Insonparvarlik — har qanday taşabbus hurmat va insoniylik bilan amalga oşiriladi

Özbekistondan dunyoga

EkoJamiyat Özbekistondan boşlangan, ammo şu bilan çeklanib qolişni xohlamaydi. Kelajakda xalqaro ekologik, hayvonlarni himoya qiluvçi va gumanitar taşkilotlar bilan hamkorlik örnatişga, Markaziy Osiyodan xalqaro miqyosda eşitiladigan, işonçli va amaliy taşabbusga aylanişga intilamiz. "1 000 daraxt challenge" — şu yöldagi birinçi katta qadamimiz.

Bu yölni yolğiz bosib ötiş şart emas

Volontyor sifatida qöşiling, loyihalarimiz bilan tanişing yoki biz bilan boğlaning — har bir qadam muhim.