Qo'shiling
Volontyor bo'lish
Volontyor bo'lish — shunchaki ro'yxatdan o'tish emas. EkoJamiyat real ekologik va ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi. Biz loyihalarda mas'uliyat bilan qatnasha oladigan, vaqtini ajrata oladigan va berilgan vazifani oxirigacha bajarishga tayyor insonlarni qabul qilamiz. Arizangiz jamoamiz tomonidan ko'rib chiqiladi. Zarur hollarda suhbat yoki sinov vazifasiga taklif qilinishingiz mumkin.